
Torndayak testi
Ushbu test haqida ma'lumot
Torndayk testi (TT) uzoq yillardan beri mahalliy psixologiyada qo‘llanib kelinmoqda.
Sinovdan o‘tkaziluvchiga qo‘yilgan vazifa – 100 ta uch xonali raqamlar ichidan berilgan 10 ta uch xonali raqamni topishdir. Sinovdan o‘tuvchilar ikki-uch marotaba urinib ko‘rgach, qidirilayotgan raqamlar tartibini anglab yetadilar va etalon raqamlarni topish jarayonini ongli ravishda tezlashtirishlari mumkin.
Individiy eksperimentda sinovdan o‘tuvchining ish uslubi qayd etiladi. Uch xil uslub ajratilgan:
a) Tizimli uslub (barcha raqamlar ketma-ket ko‘zdan kechiriladi); b) Optimal uslub (qidirilayotgan raqamlarning kutilayotgan tartibiga muvofiq ravishda ongli ravishda tashkil etilgan va tartiblangan); c) Xaotik uslub (sinovdan o‘tuvchi fon materialini turli yo‘nalishlarda tartibsiz ko‘zdan kechiradi).
Maqsad. Idrokiy diqqatning tanlovchanligini tadqiq qilish.
Material. Blanka, ruchka, sekundomer.
Yo‘riqnoma. Sizga uch xonali sonlar yozilgan karta taqdim etiladi (5-rasm). Yuqoridagi ikki ustunda joylashgan 10 ta raqam – etalonlar bo‘lib, ularni pastki ustunlardan topish kerak. Har bir etalon raqam faqat bir marta uchraydi. Birinchi etalon raqamni aylana ichiga olib, uni fonga qarab toping va xochchaga belgilang, so‘ng ikkinchi raqamni toping va hokazo. Hammasi bo‘lib o‘nta raqamni topish kerak. Ishni iloji boricha tezroq bajarish lozim (sinov vaqti faqat 5 daqiqa).

