Korrektura sinovi

Ushbu test haqida ma'lumot

(Metodika diqqatning barqarorligi, ko‘chishi va topshiriqni bajarish tezligini aniqlaydi) “Korrektur sinov” metodikasi diqqatni o‘rganish uchun 1895 yili B.Burdon tomonidan taklif etilgan. Metodikadan foydalanishdan maqsad: Metodika diqqatning barqarorligi, ko‘chishi va topshiriqni bajarish tezligini aniqlaydi. Topshiriqni bajarishda sinaluvchi diqqatining sustlashishiga (ayniqsa, sinovning oxirida diqqatning holatiga) alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, sinaluvchining yo‘l qo‘ygan xatolarining o‘ziga xos tomonlariga: ba’zi harflarga yoki qatorlarga e’tiborsizlik, o‘zaro o‘xshash harflarni almashtirish va hokazolarga diqqat qilinadi.Asteniya, nevrasteniya va boshqa nuqsonlari mavjud shaxslarda korrektur sinovini takroran o‘tkazish mumkin. Shu bilan birga, sinaluvchining testga nisbatan bo‘lgan munosabatini nazardan qochirmaslik zarur.

Metodikani o‘tkazish tartibi: Sinaluvchiga har qatorida 40 tadan harf yozilgan 40 qatordan iborat maxsus qog‘oz beriladi. Sinaluvchi har bir qatorda birinchi turgan harfni o‘sha qatordan topib chizib (o‘chirib) chiqishi zarur. Metodikani o‘tkazish uchun aniq vaqt ajratilgan bo‘lib, buni sinaluvchi yoki tadqiqotchi aniq belgilab boradi. Sinov uchun 5 (ba’zan 6) daqiqa vaqt ajratilgan bo‘lib, har minutda sinaluvchining o‘chirishga ulgurgan qatori belgilab boriladi.
Psixolog
xususiyatlari
Moslashuvchan
Yangilanuvchan
Natijani tahlil qilish
Psixologik yordam